
Ja’far Irismetov: Hech qanaqa Gomes kelmaydi
Bugungi kunda O‘zbekistonning eng kuchli klubiga aylangan «Paxtakor» allaqachon yangi mavsum uchun rejalarni tuzib chiqqan holda shunga monand ravishda ishlarni olib bormoqda.
Ushbu mavsumda O‘zbekiston chempioni va Kubok sohibi hisoblangan «Paxtakor» kelasi yil uchun jiddiy transferlarni amalga oshirishi borasida xabarlar ham yo‘q emas. Yaqinda esa «Paxtakor»ning germaniyalik taniqli futbolchi Mario Gomesni qo‘lga kiritishi borasida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Bunga oydinlik kiritish maqsadida klubning sport direktori Ja’far Irismetovga murojaat qilganimizda bu xabarni tasdiqlamadi.
- Mario Gomes? Yo‘q, bularning barchasi mish-mish. «Paxtakor»ga hech qancha Gomes kelmaydi, - deya vaziyatga oydinlik kiritdi, Irismetov.
Fikrlar