"Jahon chempionati U-20". Bugun O‘zbekiston termasi Isroilga qarshi o‘ynaydi

  • 30 may, 2023, 13:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining nimchorak final doirasida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Unda vakillarimizga Isroil jamoasi raqiblik qiladi. 

Uchrashuv “Malvinas Argentinas” stadionida, Toshkent vaqti bilan 31 mayga o‘tar kechasi 02:00 da start oladi. Bellashuv "UzReport TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekison "A" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, mazkur bosqichga chiqdi. Isroil esa "S" guruhida ikkinchi pog‘ona bilan nimchorak finalga chiqdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Uz Khan
30/05/2023 13:55
Isroilni yanchib tashlash kerak olgʻa OʻZBEKISTON