Jahon chempionatidagi shovvoz esingizdami? U markaziy o‘yinda "Benfika"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

  • 16 yanvar, 2023, 06:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya chempionatining 16-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Benfika" markaziy uchrashuvda "Sporting" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 

Tecno

Ajoyib qarama-qarshilik qahramoni Gonsalu Ramush bo‘ldi. Hujumchi barqarorlikni saqlab qolishga harakat qilmoqda. "Sporting"ga qarshi o‘yindagi dubl uni to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa chiqib olishini imkonini berdi. 

Ma’lumot uchun, "Benfika" 41 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. To‘rtinchi o‘rindagi "Sporting"da 29 ochko mavjud. 

"Benfika" – "Sporting" 2:2 (1:1)

Gollar: Bax, 27 (0:1, avtogol); Ramush, 37 (1:1); Gonsalvesh, 53 (1:2); Ramush, 64 (2:2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!