
Jahon chempioni bo‘lgan bokschi Ronaldu bilan mushtlashmoqchi
Professional boksning IBF va WBA yo‘nalishlari bo‘yicha yarm o‘rta vaznda jahon chempioni bo‘lgan Rikki Xatton “Manchester Siti” muxlisi hisoblanadi.
Britaniyalik charm qo‘lqop ustasining bir orzusi futbol bilan bog‘liq. Xatton Krishtianu Ronaldu bilan ringga chiqishni istaydi.
Rikki o‘z davrining eng zo‘r bokschilaridan bo‘lgan. U ketma-ket 43 ta jangda raqiblar ustidan g‘alaba qozongan.
Xatton faoliyatining so‘nggi bosqichida uch marta mag‘lub bo‘lgan. U amerikalik Floyd Meyvezer, filippinlik Menni Pakyao hamda ukrainalik Vyacheslav Senchenkoga imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar