
Jahon futbolining eng yorqin talanti o‘ziga jamoa tanladi
Evropaning bir necha grand klublari nishonida turgan “Bayer” etakchisi Florian Virts faoliyatini nufuzli sovrinlar uchun kurashadigan qudratli jamoada davom ettirishga qaror qildi.
22 yoshli hujumkor futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Real”, “Liverpul” va “Manchester Siti” oxirigacha kurash olib bordi. Biroq o‘yinchining o‘zi Bundesligadan uzoqlashmaslikni ma’qul topdi.
Jurnalist Sasha Tavolerining ma’lum qilishicha, Florian Virts Bundesliganing eng baquvvat klubi “Bavariya”ni tanladi.
Virts o‘tgan mavsum “Bayer”ni o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan edi. Leverkuzenliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso bundan buyon “Real”ni boshqaradigan bo‘ldi.
Aksariyat ekspertlar Florian Virts ham qadrdon ustozi ortidan Madridga yo‘l olishi mumkinligini taxmin qilgandi. Lekin iste’dodli o‘yinchining tanlovi kutilmagan bo‘ldi.
Fikrlar