Jahon kubogining final bosqichida ilk bor o‘zbekistonlik ikki nafar mergan ishtirok etadi

  • 12 oktabr, 2023, 19:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Joriy yilning 18-26 noyabr kunlari Qatarning Doha shahrida o‘q otish sporti turlari bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro o‘q otish sporti federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun ilk bor O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar a’zosiga taklifnoma jo‘natdi.

Tecno

Mazkur sport turida Jahon kubogining final bosqichi yilda 1 marotaba o‘tadigan nufuzli turnir hisoblanadi. Unda o‘sha yil dunyo birinchiligida shohsupaga ko‘tarilgan 3 sportchi, shuningdek, yil davomida o‘tgan Jahon kubogining 6 ta bosqichida eng yuqori reyting ochkolarini jamg‘argan 12 nafar mergan ishtirok eta oladi.

Bu yilgi Jahon kubogi bosqichlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali kuchli 12 talikka kirgan Muhammad Kamolov hamda Vladimir Svechnikov pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida Dohada o‘tadigan final bahslariga yo‘l olishdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari so‘nggi marta 2008 yil bunday nufuzli musobaqada ishtirok etishgan bo‘lsa, birinchi bor 2 nafar sportchi bilan final bosqichiga yo‘l olishdi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!