
Jahongir Usmonov OFK yig‘ilishida ishtirok etdi
Shu yilning 20-30 iyul kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo‘yicha 2017 yilgi klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
OFK Futzal va Sohil futboli Qo‘mitasi har bir yirik musobaqa vaqtida o‘z yig‘ilishini o‘tkazadi. Xoshiminda o‘tgan bu safargi yig‘ilishda O‘zbekiston futzal Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Jahongir Usmonov ham ishtirok etdi. Unda futzal va sohil futboliga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Usmonov OFK Futzal va Sohil futboli Qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar