Eldor Shomurodov: "Terma jamoaga Temur Kapadze bosh murabbiy bo‘lganiда xursand bo‘ldik"

  • 10.03.2026 07:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov Kun.uz YouTube kanaliga katta intervyu berdi. Futbolchi suhbat davomida Temur Kapadzening O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi murabbiylik faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

"Temur Kapadze jamoaga kelganidan so‘ng tezda ishga kirishib ketdi. Hamma uni qo‘llab-quvvatladi."

Kapadzeni jamoa yetakchilari xohlamadi, degan gaplar ham chiqqan edi. Shu haqida nima deysiz?

"Yetakchilar Kapadzeni xohlamadi, degan gaplar noto‘g‘ri. Biz faqat yangi murabbiy olib kelishga qarshi edik. Kimdir Kapadzening kelishiga qarshilik bo‘lyapti, deb gap-so‘z chiqarib yubordi. Biz yangi murabbiy kelsa, ko‘p narsa o‘zgarib ketishini bilardik. Yangi g‘oya, yangi taktika — hammasi boshidan boshlanardi. Bu esa oxiriga kelganda salbiy ta’sir qilishi mumkin edi.

Shuning uchun Katanetsga oxirigacha biz bilan qolishini aytganmiz. Undan keyin Jahon chempionatigacha vaqt bo‘ladi, o‘shanda uning o‘rniga kimnidir olib kelish mumkin edi. Keyinchalik esa Temur Kapadze kelganidan xursand bo‘ldik. Sababi, u terma jamoa ichida yurgan, futbolchilarni yaxshi biladi va tizimni buzmasdan ishni davom ettirdi. Bu holatdan biz ham mamnun bo‘ldik.

Biz faqat yangi murabbiy olib kelishga qarshi bo‘lganmiz, chunki bu katta risk edi", — dedi Shomurodov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!