
Jakkerini: "Xudo tishi yo‘qlarga yong‘oq beradi"
Emmanuel Jakkerini Rafael Leauning iqtidori haqida fikr bildirdi.
"Rafael Leau - ulkan va hali ishga solinmagan iste’dod. Rafael Leauning iqtidori menda bo‘lganida, "Real"da 15 yil o‘ynagan bo‘lardim.
" Shunday gap bor. Xudo tishi yo‘qlarga yong‘oq beradi", - dedi "Yuventus" va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jakkerini "DAZN" telekanalida.
Rafael Leau joriy mavsum "Milan" safida 30 ta bellashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 9 ta assist muallifiga aylandi. Uning "Transfermarkt" portalidagi qiymati 75 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar