Jaloliddin Masharipov: "Mening o‘zim ham "An-Nasr" a’zosi bo‘lganman va bu jamoada yaxshi xotiralarim qolgan"

  • 22 oktabr, 2024, 00:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Elit Chempionlar ligasi doirasida Eronning "Istiqlol" klubi Saudiyanin "An-Nasr" jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Jaloliddin Mashipov ham qatnashdi va savollarga javob berdi.

Tecno

"An-Nasr" ajoyib jamoa. Jamoada ajoyib futbolchilar yig‘ilgan. Mening o‘zim ham "An-Nasr" a’zosi bo‘lganman va bu jamoada yaxshi xotiralarim qolgan. Lekin unutmangki, biz ham "Istiqlol"miz va bizda ham kuchli futbolchilar bor. Dubayga "Nasr"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish uchun keldik.
"Istiqlol"ning ko‘plab muxlislari bor, ularning barchasi ushbu o‘yinda muvaffaqiyat kutmoqda. Dubayda ko‘plab eronliklar borligini bilamiz. Ertaga bu o‘yinda "Istiqlol" Dubayda yolg‘iz qolmaydi, muxlislar bizni yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Ishonchim komilki, ertaga stadion muxlislarimiz bilan to‘ladi.
Ertangi o‘yinda "Istiqlol" g‘alaba qozonadi va bu o‘yindan uch ochko bilan uyga qaytamiz", -
dedi hamyurtimiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!