
Jaloliddin Masharipov o‘tayotgan klubda bosh murabbiy o‘zgardi (Foto)
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi bosh murabbiyi Rui Vitoria lavozimini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub portugaliyalik mutaxassis bilan shartnomani bekor qildi. Bunga sabab jamoaning ichki chempionatdagi qoniqarsiz natijasidir. Jaloliddin Masharipov o‘tishi kutilayotgan "Al-Nassr" klubi ayni payt Saudiya Arabistoni Pro ligasida 10 ta turda 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
Hozirda riyodliklarni vaqtincha yoshlar jamoasi ustozi Alen Xorvat boshqarmoqda.
Fikrlar