
Jaloliddin Masharipovning qaysi klubga o‘tishi aniq
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov tez orada legionerga aylanadi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi shartnoma imzolash uchun xorijga jo‘nab ketgan. O‘FA va PFL tomonidan o‘tkazilgan "yilning eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimida Masharipov chet elga yo‘l olgani bois uning o‘rniga otasi ishtirok etdi. Futbolchining otasi saytimizga bergan intervyusida o‘g‘li Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubiga o‘tayotganini aytdi.
Jaloliddin Masharipovning transferi hal bo‘ldi. Bu haqda futbolchining o‘zi SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi
Bir necha kun avval esa Jaloliddinning o‘zi transferi 90 foizga hal bo‘lganini ma’lum qilgandi. Demak, endi hamyurtimiz shartnoma imzolagani Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan.
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatib boring!
Fikrlar