
Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston terma jamoasining oldingi va hozirgi tarkibini solishtirdi (matbuot anjumanidagi fikrlar)
Osiyo kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets va Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi. Masharipov ertangi o‘yin va musobaqa haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor assalomu alaykum. Osiyo kubogida ikkinchi marta ishtirok etishim va bundan xursandman. O‘yinlarga tayormiz va bundan tashqari O‘zbekistondan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun muxlislarimiz ham etib keldi.
O‘tgan Osiyo kubogidagi tarkib va hozirgi tarkibimizdan qay biri kuchli?
Yaqinda shu haqida o‘yladim. Avvalgi musobaqada o‘ynagan ikkita futbolchi bu Osiyo kubogida ham ishtirok etyamiz - men va Otabek Shukurov. O‘ylashimcha bizda hozir ko‘proq intizom, ko‘proq o‘yin uslubi va eng muhimi ishonch bor. Oldingi futbolchilar nom taraflama, talant taraflama kuchli bo‘lgan bo‘lishi mumkin, biroq hozirgi o‘yin uslubimiz kuchliroq", - dedi termamiz sardori.
Fikrlar