Jaloliddin Masharipov: Shomurodovning yo‘qligi bilindi!

  • 14 yanvar, 2024, 01:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 12
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi 1-turi doirasida O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng Jaloliddin Masharipov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

O‘ylashimcha, bugun 60 foiz o‘zimizni ko‘rsata oldik. Chunki birinchi o‘yinni bosimi halaqit berdi. Birinchi o‘yinda kamroq xato qilish kerak degan narsa hammada bo‘ldi. Shuning uchun birinchi bo‘limda hujumlarimiz yaxshi bo‘lmadi. 

Ikkinchi taymda oldinga o‘tib tavakkal qilishni boshlaganimizdan so‘ng bizda vaziyatlar bo‘ldi, biroq bulardan foydalana olmadik. Eldorning yo‘qligi ham bilindi. Chunki hujumda o‘ynagan Oston ham yaqqol hujumchi emas va bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 

Suriya maydonga durang uchun chiqqani bilindi, faqat himoyada o‘ynadi. Bu ham Kuperning taktikasi - 11 kishi himoyada yotib oladi. 

Nima uchun biz o‘yin uslubini ertaroq o‘zgartirmadik? Bizda variantlar bor edi. 

Murabbiy sal ehtiyotkorlikni o‘yladi birinchi o‘yin bo‘lgani uchun. Nimaga deganda hali oldimizda o‘yinlar bor. Keyingi o‘yinni yutsak, to‘rt ochkomiz bo‘ladi. Uzun turnirda bitta o‘yinni ko‘rib xulosa qilish xato. Futbolchilarning potentsiali o‘yindan o‘yinga ochilib boradi. Keyingi o‘yinlar unaqa bo‘lmaydi. Bu eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi. 

Kiyinish xonasida futbolchilarning ruhiy holati juda zo‘r va bundan umuman muammo yo‘q. Birinchi o‘yinni bosimi bo‘ldi, xolos. 

Keyingi uchrashuvga 35 mingga yaqin hindistonlik muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu bosimga terma jamoamiz qanchalik tayyor?

Bizda 36 million muxlis bor va shuni o‘zi etadi", - deya javob berdi termamiz sardori. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alsher
14/01/2024 09:39
Afsus òyinda agresiya yòq maģlubiyatga teng durang bòldi Shomurodov yòqligi bilindi (futbolda bir kishiga boģlanib qolmaslik kerak ) deyishadi . Bu xato fikr usha bir kishi òyinni tubdan òzgartiradi xuddi qòmondon singari Mayli birichi òyin tushunaman lekin usha birinchi òyin jamoani keyingi bosqichini hal qilib beradi
&
Liverpool-Afzal
14/01/2024 09:25
Машариповни вакти утди, энди факат Аббосни тушуриш керак асосийда
.... ....
14/01/2024 07:50
Xazim qibomayopti bunaqa sharmadagarchilini!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
Esiz shuncha vaqt, mablag', ketkazilgan asablar!!!!!!!!!!!!!!!!!!
&
Rescara
14/01/2024 07:46
Сайфиев, Машарипов умуман тушмаларинг.
Шоим Зарипов
15/01/2024 07:45
Усирок кутга арпа уни бохона нима бир катта давлат бир уйинчига караб колганми уйинничикмаганига мураббий таркиб танлашда хато килди уйинчилар умуман жон койитишмади агар шу уйинибулса Хиндистон камида 3та гол уради таркибдан Сайфиев Машарипов Урунов булар жой олмаслиги керак ёшларни куйиш керак Файзуллаев Абдурахматов Абдухоликов Шахбоз Умаров булар уйинни ёндиради.
&
Рахим
14/01/2024 15:58
Яша Жалол
&
Dili
14/01/2024 14:52
Энди майли утдию худо хохласа кейингси галаба булади.Умуман уйнамади .хеч ким туп юриш бизда битта момент бумадия сурия эмас силар тушдиларинг дуранг учун
Abdushukurov Odilbek
14/01/2024 14:25
Mayli, birinchi o'yin tushunamiz. Endi tarkib to'g'ri tanlab xatolarni tuzatsak va o'yinni kuchaytirsak Avstraliyani ham yuta olamiz. Lekin, ular ham Suriya kabi qarshi hujumda o'ynasa bormi, bizga juda qiyin bo'ladi.
Pardayev Shavkat
14/01/2024 09:52
"Боллада айб йўқ", ҳамма гап Катанецда. Таркибни хато танлаган.
&
Тулкинбой
14/01/2024 08:25
Машарифов Саефиев умуман уйнолмади уларни кейинги уйинга туширмаслик керак
&
Uzbek ligion
14/01/2024 07:32
Oston umuman uynolmadi, urtacha futbolchida.
.... ....
14/01/2024 01:53
futbalistlayam kashpirovski bopketvotide!!!!