Jamoamiz yordamga muhtoj!

  • 12 avgust, 12:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi vakili “Fulxem” bosh murabbiyi Marku Silva jamoasining yozgi transfer bozorida passivligidan ranjiganini bildirdi.

Tecno

Yangi mavsum boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi, ammo klub faqat 34 yoshli darvozabon Benjamen Lekontni zaxira uchun oldi xolos.

Silvaning aytishicha, bu unga kutilmagan holat bo‘ldi va u qisqa fursatda vaziyatni tuzatishga umid qilmoqda.

- Umid qilamizki, ilk o‘yingacha 3–4 pozitsiyani kuchaytirishga ulgurimizni. Bu biz uchun juda muhim. Ayrim pozitsiyalarda futbolchilarimiz etarli emas, shunday ekan, transferlar bo‘lishi kerak. Bu biz kutmagan holat. Mavsum boshlanishidan oldin bir-ikkita futbolchi keladi, deb o‘ylagandik.

Afsuski, kutganimiz bo‘lmadi. Agar futbolchilardan kimdir jarohat olsa, vaziyat yanada yomonlashadi, - dedi Marku Silva Evening Standard nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!