Jamoani beringlar, Manchestergacha piyoda boraman!

  • 9 may, 2024, 16:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”dan iste’foga chiqarilganidan beri ishsiz yurgan Joze Mourino yozda o‘ziga yangi jamoa topishga umid qilyapti.

Manchester Evening News nashrining yozishicha, portugaliyalik mutaxassis yana “Manchester Yunayted”ni boshqarishni orzu qilayotganini bildirdi. Mourino mutasaddilariga jamoani ikkinchi marotaba qabul qilib olish uchun Manchesterga piyoda borishini aytgan.

Biroq klub rahbariyati Joze Mourinoni bosh murabbiylikka chaqirmoqchi emas.

Mourino ilk bor manchesterliklar bilan 2016 yilning mayida hamkorlik o‘rnatgandi. U jamoani 2018 yilning dekabriga qadar boshqargan. Uning qo‘l ostida “Manchester Yunayted” Liga kubogi va Evropa ligasida g‘alaba qozongan.

Joze Mourino faoliyati davomida “Manchester Yunayted” va “Roma”dan tashqari “Tottenxem”, “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Portu”, “Leyriya” va “Benfika”da ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!