Jamshid Iskanderov: “Bunyodkor”ni hurmat qilgan holda, shuni aytishim mumkinki ...

  • 11 noyabr, 2023, 14:22
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari  o‘rtasidagi  uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 30 yoshli tajribali yarim  himoyachisi Jamshid Iskanderov bo‘lajak  o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Xudoga shukr, “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan bahsdan oldin Osiyo Chempionlar ligasi doirasidan o‘rin olgan bellashuvda ham yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib, Erondan g‘alaba bilan qaytdik va shuning uchun ayni paytda kayfiyatimiz yuqori. Mazkur uchrashuvga esa jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rdik.

“Bunyodkor”ni hurmat qilgan holda, shuni aytishim mumkinki, bo‘lajak o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz. 

Muxlislardan esa biz – futbolchilarni munosib tarzda qo‘llab –quvvatlashlarini so‘rayman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlash, stadiondan uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishlarini ta’minlash uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Fursatdan foydalanib, jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va “Navbahor” klubi vitse-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

“Navbahor”ning zafarlarida ularning ham munosib hissalari bor.          

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахромжон Турсунов
11/11/2023 16:40
Отасига раҳмат шу Жамшидбойни. Бугун хам ғалаба Навбахорга.