Jamshid Iskanderov yana legionerga aylanishi mumkin

  • 13 iyul, 13:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fors nashrlarining xabar berishicha, "Neftchi" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovga Eron Pro-ligasining amaldagi vitse-chempioni "Sepaxon" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 
 
Hali ikki klub o‘rtasida hech qanday muzokaralar boshlanganmagan. Biroq, klub mutasaddilari hamyurtimizni jamoani kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. "Yo‘lbarslar" va Iskanderov o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi esa 900 ming evroni tashkil etmoqda. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!