O‘zbek jangchisi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Aralash yakkakurash janglarida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Maxmud Murodov o‘zining navbatdagi jangini 18 dekabr kuni o‘tkazadi.

Uning bu galgi raqibi anchayin tajribali braziliyalik David Ramires bo‘ladi. Bu to‘qnashuvda jangchilar Interkontenintal chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Mazkur qarama-qarshilik Chexiya poytaxti Pragada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

mahmud_muradov_vs_david_ramirez

Maxmud Murodov UFCga yo‘llanma olishga juda yaqin turibdi. U oldingi jangda g‘alaba qozonib, maqsadi sari katta qadam tashlagan edi. U so‘nggi 7 jangidan 6tasini o‘z foydasiga hal qilgan. Ertami-kechmi u Evropaning kuchli jangchilari bilan uchrashishi kerak edi. Mazkur jang XFN (musobaqalardan biri – Sports.uz) doirasida o‘tkaziladi.

Braziliyalik Devid Ramires ham Muradov singari 4 jangdan beri ketma-ket g‘alaba qozonib kelmoqda. So‘nggi ikkitasida u jangni oxirigacha o‘tkazgan.

mahmud muradov training

Bo‘lajak jang oldidan...

Salom. Muhim jangga tayyorgarlik yaxshi o‘tmoqda. Umuman olganda men hoziroq ringga tushishga tayyorman. Bundan oldin chet elda bir necha  yig‘inlarni o‘tkazdim. Bo‘lajak jangda g‘alaba qozonib, orzuim sari yanada yaqinlashmoqchiman. Shu o‘rinda menga muxlislik qilayotgan va meni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha hamyurtlarimizga minnatdorlik izhor qilmoqchiman. Muxlislar menga omad tilab yozishmoqda. Rasmlar yuborishmoqda. Bundan bag‘oyat xursandman. O‘ylaymanki, ularning bu qo‘llab-quvvatlashi kuchli raqibga qarshi bellashuvda menga madad bo‘ladi. Biz birgalikda yanada kuchliroqmiz, – deydi Maxmud Muradov Sports.uz internet portaliga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!