Jangda Karim g‘alaba qozondi yoxud "Al-Ittihod" bosh murabbiyining iste’fosi haqida!

  • 10 noyabr, 2023, 04:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning "Vulverxempton" jamoasida muvaffaqiyatli ishlaganidan keyin Nuno Eshpiritu Santu 2021 yilda "Tottenxem" taklifini qabul qilib, "shporlar" bosh murabbiyiga aylandi. Londondagi o‘ta omadsiz faoliyatdan keyin mutaxassis yarim yildan ko‘proq vaqt ishsiz yurdi. 2022 yilning yozida esa Nuno "Al-Ittihod" bosh murabbiyiga aylandi (hali Ronaldu Saudiya kelmagan paytlar). O‘sha davrda bu chempionat hozirgi mavqega ega bo‘lmagan, asosan o‘z jamoasiga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilarni sotib olishga urinadigan klublardan tashkil topgandi. Xullas, Santuning Jiddadagi ilk mavsumi ajoyib o‘tdi. Klub SPLda chempionlikni qo‘lga kiritdi, Osiyo Chempionlar ligasiga qaytdi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘l oldi. Shuningdek, bir mavsum davomida ligada 2 marta mag‘lub bo‘lgan jamoa 72 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda, Santuning ishlari besh edi, toki klubga yangi yulduzlar kelmaguncha. Xabaringiz bor, yaqindagina "Al-Ittihod" Santuni o‘z lavozimidan ozod qildi. Bunga jamoaning so‘nggi paytlardagi salbiy natijalari vaj qilib ko‘rsatilayotgan bo‘lsada, ayrim nashrlar aslida boshqa sabablar borligini ta’kidlamoqda...Image

2023 yilning yozgi transferlari avvalgilaridan ancha farq qildi. Ya’ni Saudiya klublari Evropaning katta yulduzlarini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni boshladi. Bunga Ronalduning "An-Nasr"ga kelishi turtki bo‘ldi. Shuningdek, "Al-Ittihod" ham jim qarab turgani yo‘q. Jamoa N'Golo Kante, JotaFabino va Luis Felipe kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Eng yirik transferi esa Karim Benzema hisoblanadi. "Oltin to‘p" sohibi "Real"ni tark etishi kutilmagan voqelik edi. Uning faoliyatini Saudiyada davom ettirishi esa, shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. 

Karim Benzemaning Al-Ittihoddagi rasmiy qabuli

Karim "Al-Ittihod" safiga kelishi bilanoq murabbiylar bilan muammolar boshlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Santu rahbariyatdan bu transferni so‘ramagan, chunki portugal o‘z uslubiga Benzemani tushmaydi, deb hisoblagan. Shu bilan birga, hujumchi sardorlik bog‘ichini ham so‘ragan. Ammo Santu uni kapitan bo‘lishini istamagan. Karim yangi klubi ishtirok etgan Arab Chempionlar ligasidagi gollari bilan ziddiyat borasidagi mish-mishlarni kamaytirdi, lekin bu narsa vaqtinchalik bo‘lib chiqdi. 

Al Ittihod - Al Hazem: Saudiya Arabistoni Pro ligasi

"Al-Ittihod" Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida "Eyr-Fors" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Al Riyadiah" nashri xabar berishicha, tanaffus paytida yana ziddiyat kelib chiqqan. O‘sha paytda Santu Benzemaga qarata: "Sen zo‘r futbolchisan, lekin pressingda juda no‘noq harakat qilyapsan", - degan. Karim esa: "Faqat men bilan emas, butun jamoa bilan gaplashing", - deya javob qaytargan. Ushbu bahsdan keyin 49 yoshli mutaxassis iste’foga chiqarildi. Manbaning ta’kidlashicha, Benzema rahbariyatga bu murabbiy bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini aytgan va uni ishdan bo‘shatilishini so‘ragan. Saudiyada yulduzlarni gapiga qarab ish tutilishi yangilik emas. Avvalroq, Ronaldu bilan shunday ish bo‘lgandi. 

Image

"Al-Ittihod" ayni paytda o‘ziga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, variantlar ichida Alfred Shryoder, Loran Blan, Xulen Lopetegi va Joze Mourino kabi mutaxassislar bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!