“Janob, meni tezroq qo‘yib yuboring!”

  • 13 dekabr, 2020, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” yarim himoyachisi Isko qishki transferlar vaqtida Madridni tark etishga shoshilyapti. 28 yoshli futbolchi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois, boshqa jamoaga o‘tib muntazam maydonga tushmoqchi.

Isko klub rahbariyatidan o‘zini tezroq qo‘yib yuborishni talab qilmoqda. Chunki “Qirollik klubi” iste’dodli pleymeykerga takliflar ko‘payib ketganini inobatga olib, uning transfer  summasini 70 million evrogacha ko‘targan edi.

Biroq, Iskoga og‘iz solayotgan jamoalar narx qariyb uch barobar oshirilgani uchun fikrini o‘zgartirdi. Hozir, "Real"da Isko bo‘yicha aniq takliflar yo‘q.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Ispaniyalik yarim himoyachi madridliklar tarkibida 2013 yildan beri o‘ynamoqda. U shu paytgacha qadar jami primerada 215 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol va 44 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!