Janubiy Koreya. Aliboevning jamoasi safarda imkoniyatni boy berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mazkur tur doirasida hamyurtimiz Ikrom Aliboev harakat qiladigan «Seul» klubi «Poxang Stillers» mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Aliboev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi hamda 88-daqiqada almashtirildi.

Shu tariqa, «Seul» klubi 30-turdan so‘ng 50 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 3-pog‘onasida boryapti. Jamoa so‘nggi 5 uchrashuvning uchtasida mag‘lub bo‘ldi, bitta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana bir bellashuv durang bilan yakunlandi.

Janubiy  Koreya K1 ligasi. 30-tur.

"Poxang Stillers" 2:1 "Seul"

Gol: Palochevich (82), Vanderson(88) - Pak Chu Yon (84)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!