Janubiy Koreya – O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘yinini xitoylik hakam boshqaradi

  • 11.10.2019 14:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Janubiy Koreyada o‘tayotgan yig‘in doirasida koreyalik tengqurlariga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. 

Tecno

Xvason shahrida joylashgan “Hwaseong Sports Complex” o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan o‘yinni xitoylik referi – Shen Yin Hao boshqarib boradi. Unga qanotlarda gonkonglik laynsmenlar – Lav Ming Leong hamda So Kai Man yordam berishadi. Zaxira hakami – janubiy koreyalik Hyung Jin Ko. 

Janubiy Koreya – O‘zbekiston

Bosh hakam: Shen Yin Hao (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Lav Ming Leong (Gonkong), So Kai Man (Gonkong). 

Zaxira hakami: Hyung Jin Ko (Janubiy Koreya).  

Qayd etish joiz, Janubiy Koreya – O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin mahalliy vaqt bilan 20:35da, Toshkent vaqti bilan esa soat 16:35da boshlanadi. Uchrashuv Koreyaning KBS telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!