Jarohat olgan futbolchi katta transferdan quruq qoldi

  • 01.11.2023 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujum chizig‘ini “Vulverxempton” forvardi Pedru Netu bilan kuchaytirmoqchi edi.

Daily Express nashriga ko‘ra, “kanonirlar” bu transferdan voz kechdi. Aslida londonliklar 23 yoshli hujumchini yanvar oyida o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan jdi.

Biroq Netu o‘tgan shanba kuni “Nyukasl” bilan bo‘lga bahsda tizzasidan shikastlandi. Bu jarohatdan keyin “Arsenal” portugaliyalik futbolchini olishga shoshilmaslikka qaror qildi.

“Vulverxempton” o‘z o‘yinchini 60 million funtga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!