
Jarohat olgan Neymarga xunuk xabar
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Serbiyaga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgan edi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Neymar mundialning guruh bahslarida boshqa maydonga tusha olmaydi. Terma jamoa bosh murabbiyi Tite navbatdagi ikkita o‘yinda Neymardan foydalanmoqchi emas.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tite Shveytsariya va Kamerun bilan bo‘ladigan bahslarda Neymarga dam beradi. Murabbiylar shtabi futbolchi pley-off bosqichiga to‘liq tiklanib olishini istayotgani aytilmoqda.
30 yoshli Neymar uchun bu oxirgi jahon chempionati bo‘lishi mumkin.
Fikrlar