Jarohatlangan "Surxon" futbolchisi qachon maydonga qaytadi?

  • 8 oktabr, 2021, 21:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Surxon” klubi safiga yozgi transfer oynasi yopilayotgan mahalda qo‘shilgan himoyachi Murod To‘ychiboev oxirgi paytlarda termizliklar safida ko‘rinmay qolgandi.

U “Surxon”ga qo‘shilgach, uchta o‘yinda – “Metallurg”, “Andijon” va “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etdi. Shundan beri ortda qolgan to‘rtta turda jamoasiga yordam bera olgani yo‘q.

Bosh murabbiy Bahrom Haydarov To‘ychiboevni jarohat olgani haqida gapirgandi. Hozirgi holatini bilish maqsadida futbolchiga murojaat qilganimizda Sports.uz uchun qisqacha shunday dedi:

- “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘yin paytida jarohat oldim. Oqibatda 3-4 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishimga to‘g‘ri keldi. Lekin endi asta-sekin mashg‘ulotlarni boshladim. Nasib qilsa, keyingi o‘yinlarda jamoadoshlarimga yordam bermoqchiman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!