Jastin Getji: "Agar o‘sha jangga hozir qaytganimda nimani o‘zgartirardim?"

  • 18 iyul, 2024, 11:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji "UFC 300" turnirida mashhur amerikalik jangchi Maks Xolloueyga qarshi bo‘lib o‘tgan jangi haqida gapirdi.

Tecno

"Mening jang rejam balki to‘g‘ri bo‘lmagandir, lekin u ishladi. Maks ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. O‘sha oqshom u juda aniq va shunchaki benuqson harakat qildi. Uni mag‘lub etish qiyin edi. Agar o‘sha jangga hozir qaytganimda nimani o‘zgartirardim? Nazarimda, raqibimga ko‘proq bosim o‘tkazib, oldinga bostirib borishim mumkin edi. Jang oldidan, Maksning o‘zi masofani yaqinlashtiradi, degan hayolda edim, ammo jangda u tezgina qulay masofani topdi, buni esa kutmagandim. To‘rtinchi raundda men ustunlik qildim. Beshinchi raundda ham shunday harakat qilganimda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan bo‘lardim", - deya Getjining so‘zlarini keltiradi Sports Illustrated portali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!