Jasur Abduraimov: "Hatto, "Paxtakor"da sovrinlarni qo‘lga kiritganimizda ham bugungidek xursand bo‘lmaganman"

  • 15 sentabr, 2021, 19:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Metallurg” (1:2) jamoalari ishtirokidagi o‘yindan so‘ng, dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Biz ettita o‘yindan beri yuta olmayotgandik. Shuning uchun bugun bizga ayniqsa, ruhiy tarafdan qiyin edi. Har o‘yindan keyin matbuot anjumanlarida aytyapman: futbolchilarimiz harakat qilishyapti. Ammo qandaydir xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz, oddiy joylarda. Biz o‘yin taraflama yutqazmayotgandik. Faqat o‘zimizning xatolar tufayli omadsizlikka uchrayotgandik, balki biz murabbiylarda ham ayb bo‘lgandir. Bugun shunday o‘yin ediki, kim birinchi gol ursa o‘sha jamoa yutardi. Lekin yigitlarimiz xarakter ko‘rsatishganidan xursandman. 1:0 hisobida yutqazayotib, ikkita gol ura oldik. Men hamma joyda ayta olamanki, doim xarakter birinchi o‘rinda. Xarakter bo‘lmasa, hech nima yordam bermaydi. Ettita o‘yinni g‘alabasiz o‘tkazishni o‘zi bo‘lmaydi. “Paxtakor”da shuncha yil ishladim va u erda chempionlik hamda Kubokni qo‘lga kiritganmiz. Ammo bugun sira bunday xursand bo‘lmaganman. Hatto, o‘sha “Paxtakor”dagi yutuqlarimizda ham bunchalik quvonmaganman. Deyarli ikki oy g‘alaba qozona olmadik. Bugun ham 0:0 bo‘lib turganida faqat oldinga o‘ynadik. Salamat Quttiboev bir metrdan gol ura olmadi. Uni hurmat qilaman. Haqiqiy erkak, oxirigacha harakat qiladi. Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi. “Andijon” ham harakat qilyapti. Standart vaziyatlarida “Andijon” bilan o‘ynashga qiyin.

- Agar bugun “Metallurg” yana yutqazganida bu sizning iste’foingiz bilan yakunlangan bo‘larmidi?

- Men professional murabbiyman. O‘z ishimni qilaman, oxirigacha. Bitta narsani aytaman: Ahmedov Dilshod Tursunqulovichga va uning sabr qilganiga katta rahmat, u odam bizni harakat qilayotganimizni ko‘rib turgandi. U kishi futbolga qaraydi. Ettita o‘yinda sabr qilish har bir odamga emas. Menga ishonch bildirildimi, oxirigacha oqlashga harakat qilaman.

- Abdulxaqov bilan Nagaev zaxiradan maydonga tushgach, o‘yin o‘zgardi. Bu avvaldan o‘ylanganmidi?

- Biz oxirgi 15 daqiqada ikkita huujmchi bilan o‘ynadik, chunki 1:0 ga yutqazyapmiz, tezroq gol urishimiz kerak edi. Biz tavakkal qildik. Ha, Abdulxaqov bilan Nagaev ishonchni oqladi. Bu ularga o‘ziga ishonchni oshiradi. Yutqazayotgan jamoa murabbiyi albatta tavakkalga qo‘l uradi. Biz ham shunday yo‘l tutdik va bu o‘zini oqladi.

- Tojiev bilan Lobanov jamoadan ketgani rostmi?

- Yoshlarga e’tibor beryapmiz. Lobanov bilan Tojiev yaxshi o‘yinchi. Tojiev 38 yoshda, Lobanov 35-36 da. Bizda 32 yoshdan katta bo‘lgan 8 ta futbolchi bor. To‘g‘ri, shunday etakchilar kerak. 4 tasi yoshlarni o‘zi bilan ergashtirsa qoladi.

- Lobanov bilan Tojiev o‘zlari ketdimi yoki siz chiqish eshiklarini ko‘rsatdingizmi?

- Hali ular ketgani yo‘q. Yoshiga qarab bu futbolchilarda mikrojarohatlar bor. Ularga biroz dam olib turinglar, vaqti kelganida o‘zimiz aytamiz dedim. Klubning o‘z filasofiyasi bor. Biz yoshlarga e’tibor qaratyapmiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!