Jasur Abduraimov "Paxtakor"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin hakamlik mavzusi haqida gapirdi

  • 2 aprel, 2021, 21:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida bekobodliklar ustozi Jasur Abduraimov bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Nima ham derdim, "Paxtakor" g‘alaba qozondi. Ularni tabriklayman. Har ikki jamoada ham ustunlik va kamchiliklar bor. Umuman olganda, yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Yaxshi o‘yin namoyish etgan bo‘lsa-da, Abdullaevni zaxiraga olishga majbur bo‘ldim. Boisi, uning yoshi ancha katta va bunday tempda kechadigan bellashuvda charchab qolishi tabiiy edi. Nagaev esa tezkor futbolchi. Unga ishonishga majbur edim.

Jamoaga kelganimdan keyin o‘z xohishim bilan tarkib yig‘ishga imkoniyat bo‘lmadi. Shipilov olib kelgan futbolchilarni o‘yinga boshlab tushishga to‘g‘ri kelmoqda. Hech bo‘lmaganda, 1 davra shunday o‘tadi. Transfer oynasi ochilsa, nimadir qilish mumkin.

Shogirdlarim qo‘ldan kelganicha harakat qilmoqda. "Paxtakor"da yaxshi ijrochilar bor va ular evaziga bugun g‘alaba qozonishdi. O‘zim bir necha yillar davomida bu erda ishlaganman va jamoa imkoniyatlarini yaxshi bilaman.

Futbol hissiyotlarga boy o‘yin. Istalgan murabbiy hakamga e’tiroz bildirishi mumkin. Chunki u mehnat qilgan va boshdan o‘tkazgan mashaqqatlariga achinadi. O‘zingiz uchun shunchaki 1-gol urilgan vaziyatni tomosha qiling. Men na hakam, na inspektor emasman. Ularga nima etishmasligini tushunmayman.

Hammamiz xato qilishimiz mumkin. Men hech kimni to‘liq aybdor qilib ko‘rsatmoqchi emasman. Biroq 50/50 vaziyat bo‘lsa boshqa gap. 3 metrlik ofsaydni ko‘rmaslik haqida nima deyish mumkin? Agar o‘sha vaziyatda gol bo‘lmaganida, hisob 1:1 bo‘lishi ham mumkin edi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!