
Jasur Alijonov: "Ramazon Temirov va Asu Almabaev jangi "stoyka"da bo‘lib o‘tadi, biroq to‘liq davom etmaydi"
UFC jangchisi, hamyurtimiz Ramazon Temirov va qozog‘istonlik Asu Almabaev to‘qnashuvi rasman belgilangach, qo‘shnilarimizning OAV lari ham o‘zbekistonlik MMA ustasiga katta e’tibor qaratmoqda. "Sports.kz" respublika internet portali muxbiri Temirovning murabbiyi Jasur Alijonov bilan bog‘lanib, u bilan intervyu tashkil etdi. Quyida ushbu intervyuni sizga havola etamiz.
— Jasur, aytingchi, Ramazon va Asu o‘rtasidagi jang g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi?
— Bu UFC ning taklifi edi va biz buni qabul qildik.
— UFC tarixda ilk bor Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida printsipal qarama-qarshilikka duch keladi. Shaxsan siz bu jangdan nimalar kutyapsiz?
— Shaxsan men bu erda hech qanday printsipallikni ko‘rmayapman. Bu shunchaki sport. Biz Qozog‘iston xalqi bilan do‘stmiz va kelajakda ham shunday bo‘lib qolamiz.
— Jangga tayyorgarlik boshlandimi?
— Ha, tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda. Biz imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va g‘alaba qozonish uchun hamma narsa qilamiz.
— Ramazon "stoyka"da yaqqol ustunlikka ega, Almabaev esa kurashda. Ushbu bahs uslublar to‘qnashuvi bo‘ladimi?
— Menimcha, ha. Ishonchim komil, bu juda ham tomoshabob jang bo‘ladi.
— Asuni parterda nimadir bilan ajablantira olasizlarmi?
— Biz hamma narsaga tayyormiz. Ham "stoyka"da, ham kurashda.
— Temirov uchun Almabaev bilan to‘qnashuv faoliyatidagi asosiy janglardan biri, deb ayta olasizmi?
— Ha, biz uchun bu chempionlik yo‘lidagi jiddiy sinov bo‘ladi.
— Ko‘pchilik bu kurash qanday o‘tishi bilan qiziqmoqda. Ba’zilar jang parterda uzoq davom etadi, deb o‘ylayapti. Sizning prognozingiz qanday?
— Ushbu qarama-qarshilik "stoyka"da bo‘lib o‘tadi, biroq to‘liq davom etmaydi, deb o‘ylayman. Faqatgina eng zo‘r jangchi g‘alaba qozonsin!
Fikrlar