Jasur Hasanov: “Nasaf” kuchli ekanligini butun O‘zbekiston ko‘rib turibdi

  • 21 noyabr, 2017, 15:15
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, oliy liga 29-turida “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda qarshiliklar 4:0 hisobida zafar quchishdi. Bellashuvdan so‘ng “ajdarlar”ning g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan Jasur Hasanov o‘yin borasida SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Uchrashuv haqida nima deyish mukin? O‘zingiz ko‘rdingiz, juda ham shiddatli qarama-qarshilik kuzatildi. Mazkur bellashuvga yaxshi tayyorlangan edik. Shuning uchun zafar quchdik. Aytishadiku, kim kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Biz bu bahsga 100 emas, 200% tayyorgarlik ko‘rgandik. Chunki faqat 3 ochko bizni qoniqtirardi va niyatimizga erishdik. “Nasaf”ning kuchli ekanligini butun O‘zbekiston ko‘rib turibdi.

“Ajdarlar” jamoaviy o‘yin hisobiga “Paxtakor”dan ustun keldi. Bizda jamoaviy o‘yin yaxshi shakllangan, - deydi Jasur Hasanov.    

Bekzod Isaev suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!