
Jasur Jaloliddinov: Oldimizda Osiyo chempionati bor
Toshkentdagi JAR stadionida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va "Andijon" klublari o‘rtasida nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa yoshlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindan keyin Olimpiya terma jamoamiz etakchilaridan biri Jasur Jaloliddinov yig‘in va buguni bellashuv haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Murabbiyning barcha topshiriqlarini bajarishga harakat qildik. 2-3 kundan beri shug‘ullanyapmiz. Oldimizda Osiyo chempionati bor va tez kunda unga tayyorgarlik boshlaymiz. Undan keyin 2001 yilda tug‘ilgan futbolchilar bilan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun harakatni boshlaymiz.
Biz bilan yaxshi darajadagi murabbiylar ishlamoqda. Ularni xorijdagi mutaxassislar bilan solishtirish qiyin".
Fikrlar