Jasurbek Jaloliddinov faoliyatini Namanganda davom ettiradi
Namanganning "Navbahor" klubi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hujumkor yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Jasurbek Jaloliddinov– 2002 yil, 15 may kuni Navoiyda tug‘ilgan.
Faoliyati davomida "Bunyodkor" (Toshkent), "Lokomotiv" (Maskva), "FC Tambov", "Andijon", "Lokomotiv" (Toshkent), "Qayrat FK" (Qozog‘iston), "Olimpik" (Toshkent) "Neftchi" (Farg‘ona), "Sumg‘ayit" (Ozarbayjon), "So‘g‘diyona" (Jizzax)
jamoalarida o‘ynagan.
Bundan tashqari, Jasurbek Jaloliddinov O‘zbekiston U-17 (2016-2018), O‘zbekiston U-20 (2018-2021),
O‘zbekiston – U-23 (2019), terma jamoalari tarkibida maydonga tushgan. Jasurbek Jaloliddinov hozirgi vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz a’zosi.
Jasurbek Jaloliddinovga "Navbahor" tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, "lochinlar"ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz", -deyiladi "lochinlar" bayonotida.

Fikrlar