
Javohir Ilyosov "Loko"ning yangi murabbiyi va darvozabonlar raqobati haqida fikr bildirdi
"Lokomotiv" klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonlarini Turkiyada davom ettirmoqda. "Temiryo‘lchilar" darvozaboni Javohir Ilyosov SPORTS.uz sayti uchun maxsus intervyu berdi:
"Yig‘in yaxshi o‘tmoqda, tayyorgarlik reja bo‘yicha olib borilyapti. Raqobatga kelsak, Abdumavlonning kelishi har ikkimiz uchun foydali bo‘ladi. Chunki raqobat bor joyda o‘sish bo‘lishi aniq.
Murabbiyga keladigan bo‘lsak, har bir mutaxassisning o‘z dunyoqarashi, taktikasi bo‘ladi. Sekeyraning topshiriqlarini to‘liq bajarishga harakat qilmoqdamiz. Har xil mutaxassis bor. Men ulardan birortasini kuchli, deya ko‘rsata olmayman".
Fikrlar