Javohir Ilyosov: "Raqobat bor joyda har doim o‘sish bo‘ladi va bu narsa sezilyapti"

  • 27 oktabr, 13:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK - "Nasaf" bahsida ko‘plab seyvlar qilib, darvozada ishonchli harakat qilgan Javohir Ilyosov bahs yakunlanganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

Bizga ochko juda ham kerak edi. 40 ochko to‘pladik va shu bilan to‘xtab qoldik. Xudo taqdir qilgani bir ochko ekan, kuchli jamoaga qarshi bu yomon emas. 

Sport formangizni yaxshilab oldingiz, bunga qanday erishildi?

Darvozabonlar murabbiyi bilan xatolar ustida ishlayapmiz. Ko‘p xatolar qildim, shu sababli buni to‘g‘irlashga harakat qilyapman. 

Mavsum o‘rtasida OKMK o‘z tarkibiga darvozabon qo‘shib oldi. Bu sizga qanchalik ta’sir qildi?

Raqobat bor joyda har doim o‘sish bo‘ladi va bu narsa sezilyapti, deb o‘ylayman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!