Futbolni boshqargan poraxo‘r rahbar jazolandi
Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA rahbariyati Afrika futbol konfederatsiyasi prezidenti Ahmad Ahmad ishi bo‘yicha qaror chiqardi.
Etika qo‘mitasining mustaqil sud palatasi afrikalik rahbarni FIFA etika kodeksining qator moddalarini qo‘pol tarzda buzgan, deb topdi. Unga ko‘ra, 60 yoshli Ahmad Ahmad besh yil davomida milliy va xalqaro miqyosda futbol bilan bog‘liq sohalarda faoliyat yuritishi ta’qiqlanadi. Shuningdek, undan 200 ming Shveytsariya franki miqdorida jarima undiriladi.
Ahmad Ahmad Afrika futbol konfederatsiyasini 2017 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. U ayni paytda FIFA vitse-prezidenti ham hisoblanardi.



Fikrlar