JCh-2022. Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan Frantsiya etakchisi safga qaytdi

  • 21 noyabr, 2022, 11:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati ilk turi oldidan Frantsiya milliy terma jamoasi muxlislari uchun ajoyib xushxabar tarqaldi. Gap shundaki, asosiy himoyachi Rafael Varan jarohatidan forig‘ bo‘lib, umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tamoqda.

"Varan mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qildi. U Avstraliyaga qarshi uchrashuvda bizga yordam bera oladi",-deydi bosh murabbiy Dide Desham. 29 yoshli futbolchi 22 oktyabr kuni APL doirasidagi "Chelsi" bilan o‘yinda sonining orqa qismini shikastlab olgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya va Avstraliya jamoalari o‘rtasidagi bahs 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!