
JCh-2022. Braziliyaning ikki futbolchisi Jezus va Telles uchun Jahon chempionati tugadi
Braziliya terma jamoasining ikki vakili Gabriel Jezus va Aleks Telles jarohat oldi. Ular uchun mundial yakuniga etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki futbolchi ham tizzasidan jarohat orttirib olgan. Jezus 1 oy ichida tiklanishi kutilmoqda. Biroq u pley-off o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Tellesda vaziyat jiddiy. U jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya nimchorak finalda Janubiy Koreya bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar