JCh-2022. Desham: "Raqib safida bir futbolchi ajralib turadi - Levandovski"

  • 2 dekabr, 2022, 11:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya MTJ bosh murabbiyi Dide Desham Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Polshaga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Raqib tarkibida yaxshi sifatlarga ega, tajribali futbolchilar etarlicha. Ammo bir shaxs boshqalardan ajralib turadi - Robert Levandovski. U dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Polsha faqat unga tayanib o‘ynamaydi, ularning jamoaviyligi yaxshiligini ko‘rdim.

Tahlilchilarimiz raqibni o‘rganishni boshladi, tez orada ularning uslubi bilan batafsil tanishamiz. Bir narsa aniq - Polshaga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi",-dedi Desham Frantsiya futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Frantsiya - Polsha uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 4 dekabr kuni soat 20:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!