JCh-2022. Marokash bosh murabbiyi: "15-20 yildan so‘ng Afrika jamoasi mundial chempioni bo‘lishiga ishonaman"

  • 18 dekabr, 2022, 08:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati bronza medali uchun o‘tkazilgan Xorvatiya - Marokash (2:1) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida afrikaliklar bosh murabbiyi Volid Regrari ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Kelajakda Jahon chempionatida qit’amizning 9 nafar vakili ishtirok etadi. 15-20 yildan keyin Afrika jamoasi mundialda g‘olib bo‘lishiga ishonaman, chunki biz o‘sib boryapmiz.

Barcha o‘tishi kerak bo‘lgan bosqich bor. Erishgan yutuqlarimizga asoslanib, tinmay, iroda bilan mehnat qilishda davom etishimiz lozim. Biz nafaqat Marokash, balki butun qit’aning DNKsini yaratmoqdamiz.

Kiyim almashtirish xonasida shogirdlarimga agar tarixga kirishni istasak, Afrika Millatlari kubogida zafar quchishimiz kerakligini aytdim. Qit’ada hukmronlik qilishni xohlaymiz.

Ertaga biz aql bovar qilmaydigan narsaga erishganimizni tushunamiz. Qisqa vaqt ichida katta tajriba orttirdik. Kutganimizdan uzoqroqqa bora olgan bo‘lsakda, bu etarli emas. Bu mundialda ishtirok etadigan barchaga namuna bo‘lishi darkor. Umid qilamanki, bu butun Afrikaga foyda keltiradi. 

Bizni buyuk kelajak kutmoqda, faqat oldinga intilamiz. Albatta, bir kun kelib Jahon chempionatida g‘alaba qozonish maqsadimiz bor. Endi bizga nisbatan bosim kuchayishda davom etadi.

Eng yaxshi jamoalarga qarshi tengma-teng kurash olib borishga qodir ekanligimizni ko‘rsatdik. Bunday o‘yinlar natijasi mayda detallarga bog‘liq bo‘ladi",-dedi Regrari.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!