
JCh-2022. Meksika bosh murabbiyi Argentinaga qarshi o‘yindan so‘ng: "Saudiyaga kamida 3 ta gol urishimiz kerak"
Meksika bosh murabbiyi Xerardo Martino Argentinaga mag‘lubiyatga uchragandan (0:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Pley-offga chiqishimiz uchun imkoniyatimiz bor. Saudiya Arabistoniga kamida uchta gol urishimiz kerak. Birinchi bo‘limda Guardadoning maydonni erta tark etishi biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi",- dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, meksikaliklar sardori Andres Guardado Argentinaga qarshi baxsning 42-daqiqasida jarohat tufayli maydonni erta tark etdi. Shimoliy Amerika vakillari ikkala to‘pni ham ikkinchi taymda olib chiqishdi.
Fikrlar