JCh-2022. Niderlandiya Argentinaga qarshi bahs oldidan qasos o‘tida yonmoqda

  • 6 dekabr, 2022, 21:52
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati chorak final bosqichi doirasida Niderlandiya va Argentina terma jamoalari kuch sinashadi. Bu ikkala terma uchun ham juda muhim, ayniqsa, van Gal uchun.

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui Van Gal o‘zi ishtirok etgan barcha mundial bahslarida atigi bir marta mag‘lub bo‘lgan. Uning yagona mag‘lubiyati 2014-yilgi Braziliyada bo‘lib o‘tgan mundialda Argentina terma jamoasiga yarim finalida sodir bo‘lgan. Argentinaliklar asosiy vaqtda "uchar gollandlar" bilan durang o‘ynab, penaltilar seriyasida ulardan ustun kelgan.

Niderlandiya bosh murabbiyi Argentina terma jamoasi va Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Messi eng xavfli va kreativ futbolchi, u o‘zi uchun ko‘plab vaziyat yaratishga hamda gol urishga qodir. Ammo to‘p yo‘qotilganda, Messi o‘yinda umuman ishtirok etmaydi. Bu jamoamizga imkoniyat beradi. Bizda Argentina bilan hisob-kitob qilish uchun imkon bor", - dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin 9 dekabr tungi soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!