JCh-2022 saralashi. Braziliya bu safar Boliviyani tor-mor keltirdi

  • 30 mart, 2022, 06:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Boliviya - Braziliya uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yinda gollarga Paketa, Risharlison (dubl) va Gimaraynsh mualliflik qildi. Mehmonlar maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.

Shu tariqa, Braziliya ochkolari sonini 45 taga etkazib oldi va jadvalda etakchilik qilishda davom etmoqda.

Jamoa hisobida yana bitta Argentinaga qarshi o‘yin bor. Ammo bu amalda hech narsani hal qilmaydi. Braziliya saralashda 1-o‘rinni naqd qilib ulgurdi.

Boliviya hisobida 15 ochko mavjud bo‘lib, ushbu terma jamoa 9-pog‘onadan joy oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!