
JCh-2022 saralashi. Eron so‘nggi daqiqalarda ikkita gol urib, g‘alaba qozondi
Jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Livan - Eron uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
37-daqiqada Ali Saadning gol urgan bo‘lsa, 90-daqiqada Azmun hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakuniga yaqin Nurulloxi jamoasiga g‘alaba golini taqdim etdi.
Shunday qilib, eronliklar ochkolari sonini 13 taga etkazib olgan holda, "A" guruhida etakchilik qilishda davom etmoqda. 5 ochkoga ega Livan esa 3-o‘rinni band etgan
Shuningdek, mazkur bahs bilan parallel tarzda Vetnam - Yaponiya o‘yini ham bo‘lib o‘tdi va unda "kun chiqar yurt" vakillari Itoning goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar