
JCh-2022 saralashi. Ukraina mag‘lubiyatga uchradi! Mundialga yo‘l olgan yana bir terma jamoa nomi ma’lum
"JCh-2022" saralashidan o‘rin olgan Uels - Ukraina uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Uels 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
34-daqiqada Yarmolenko tomonidan kiritilgan avtogol bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, Uels "JCh-2022" yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar