
JCh-2022 saralashidagi raqibimiz Saudiya Arabistoni G‘arbiy Osiyo chempionatida Bahrayn bilan durang o‘ynadi
Bilasiz, kelasi oydan e’tiboran Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi start oladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, terma jamoamizga bu bosqichda Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.
Qayd etish joiz, ayni paytda Iroqda G‘arbiy Osiyo Futbol Federatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan mintaqa chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda Saudiya Arabistoni, Falastin va Yaman terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Saudiya Arabistoni musobaqada u qadar yaxshi start ola bilmadi. Ilk turda Quvaytga mag‘lub bo‘lgan saudiyaliklar 2-turda Bahrayn bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa “B” guruhida 3-o‘rinni egallab turibdi.
“A” guruhidan o‘rin olgan Falastin terma jamoasi ortda qolgan turda Livan bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Yaman ham Suriya bilan durang o‘ynadi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Falastin guruhda 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Yaman 5-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar