"ЖЧ-2026": "G" guruhida soʻnggi tur uchrashuvlari yakunlandi
AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda. Bugun "G" guruhida so‘nggi — 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Unga ko‘ra, Belgiya Yangi Zelandiyani yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Ikkinchi bahsda esa Eron va Misr o‘rtasidagi o‘yin durang bilan yakunlandi — 1:1.
Shu tariqa, Belgiya umumiy 5 ochko bilan guruh peshqadami sifatida pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Misr ham 5 ochko jamgarib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalab, keyingi bosqichga chiqdi.
Eron esa 3 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi. Biroq osiyoliklarga hali ham imkoniyat saqlanib qolgan — ular eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatorida pley-offga chiqishi mumkin.
Quyida "G" guruhining yakuniy turnir jadvali bilan tanishishingiz mumkin.

Fikrlar