"JCh-2026": Germaniya so‘nggi daqiqalarda gol urib, Kot-d’Ivuarni mag‘lub etdi

  • 21.06.2026 03:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda. "E" guruhining 2-tur doirasida Germaniya va Kot-d’Ivuar terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Mazkur bellashuv 2:1 hisobida "nemis mashinasi"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, 30-daqiqada Frank Kessye hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Deniz Undav muvozanatni tikladi.

Uchrashuv taqdiriga aynan Undav nuqta qo‘ydi. Hujumchi 90+4-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Germaniyaga g‘alaba keltirdi — 2:1.

Shu tariqa, Yulian Nagelsmann shogirdlari ochkolari sonini 6 taga yetkazib, "E" guruhida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. 

  • World - Jahon chempionati
  • Guruh bosqichi
18660.png

Germaniya

  • Deniz Undav 68'
  • Deniz Undav 90'
Tugadi
2 : 1

21.06.2026 01:00

18560.png

Kot-d'Ivuar

  • Franck Kessié 30'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!