
JCh-2026 saralash: Anchelotti Braziliya terma jamoasi tarkibini e’lon qildi. Neymar va Rodrigo chaqirilmadi
Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Karlo Anchelotti JCh-2026 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan Antoni va Kazemiro o‘rin oldi. Biroq Neymar va Rodrigo jarohat sababli chaqiruv olmadi.
Ma’lumot uchun, “Pentakampeonlar” 5 iyun kuni Ekvadorga, 10 iyun kuni esa Paragvayga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar