"JCh-2026 saralashi". Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi bilan o‘ynaydi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib esa qo‘shnilarimiz - Qirg‘iz Respublikasi. Bellashuvni 19:00dan boshlab "Sport" kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Mazkur uchrashuvda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmad al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Abdulhadi al-Anezi va Ahmad Abbos yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Ammar Ashkanoni ishlaydi.
Vakillarimiz mazkur bahsda to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga, 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Bishkek shahridagi “Dolen Omurzakov” stadionida start oladi.
Fikrlar
Inshaolloh